O‘zbekistonda jami quvvatlardagi “yashil” energiyaning ulushini 16 foizdan 26 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Kam uglerodli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar jalb qilinadi. Prezident resurs tejaydigan iqtisodiyot modelga o‘tish vaqti kelganini aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga borib O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste’moldagi ulushi 54 foizga yetkazilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar raqobatli savdolar orqali elektr energiyasi ulgurji bozori yaratilishini ta’kidladi.
Markaziy Osiyoda elektr energiyasini sotib olish va sotish bo‘yicha yagona platforma yaratish rejalashtirilmoqda, dedi energovazir o‘rinbosari. Shuningdek, u O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi, avtomatlashtirish va energiyani saqlash bo‘yicha zaxira quvvatlarini yaratish bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi.
Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Prezident Energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.
2023-yil oxirida “yashil energiya”ning global quvvati 2022-yilga nisbatan 50 foizga oshdi. Bu o‘sish so‘nggi 20 yil ichida rekord ko‘rsatkichga aylandi. Mutaxassislarning fikricha, 2028-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishning 42 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
Quyi palata deputatlari qabul qilgan qonunga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etiladi.
Dam olish kunlari Germaniyada ishlab kelayotgan so‘nggi uchta AES elektr tarmog‘idan uzildi. Bu 2022-yilda amalga oshirilishi kerak edi, biroq Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli keyinga qoldirilgandi. Ushbu AESlar mamlakatdagi atigi 6 foiz elektr energiyasini ishlab chiqarayotgandi.
Energetika vazirligi va Jahon banki 2022 yilda O‘zbekistonda vodorod ishlab chiqarishning texnik salohiyatini baholaydi. O‘rganishlar yakunida «ko‘k» va «yashil» vodorodni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting